Olmaotadagi bozor omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Olmaotadagi bozor omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
  • 7
  • 12.08.2023 09:35:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 12-avgust kuni ertalab katta yong‘in sodir bo‘ldi — Moskvina ko‘chasidagi bozor omborxonalari yonib ketdi.

OAV shahar Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib xabar berishicha, binolarning konstruktiv xususiyatlari tufayli yuqori harorat yuzaga kelgan va inshootlar qulab tushishi xavfi mavjud.

Yong‘inni o‘chirishga 25 ta texnika, 85 kishi, shuningdek, shahar o‘zaro hamkorlik xizmatlari jalb qilingan.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in qo‘shni omborxonalarga tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi

Mahalliy vaqt bilan soat 09:45 yong‘in o‘rab olindi.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News