
- 0
- 22.09.2025 14:28:00
- 1 daq o'qish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 589-son qaroriga muvofiq, mamlakatda “Oqilona iste’mol” dasturi joriy etiladi. Ushbu tashabbus ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish, sifatli va yetarli oziq-ovqat ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda tejamkorlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
2026–2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilinadi. Bu davrda aholining ehtiyojlariga mos oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va resurslardan oqilona foydalanish ustuvor yo‘nalish bo‘ladi.
Qaror asosida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar belgilangan nizom asosida qat’iy tartibda o‘tkaziladi. Jumladan: • Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, osh marosimlarida esa 250 nafargacha kishi qatnashishi mumkin. • Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh marosimida esa 300 nafargacha mehmon ishtirok etishi belgilangan. • Milliy an’analar va odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan shoular, ortiqcha rasm-rusumlar (“kuyov navkari”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi” va boshqalar) taqiqlanadi. • Dafn va motam marosimlaridagi ortiqcha tadbirlar (“yetti”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish” va hokazolar) man etiladi