Qashqadaryoda 98 yoshli o‘qituvchi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

Qashqadaryoda 98 yoshli o‘qituvchi “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
  • 4
  • 30.09.2023 16:35:00
  • 1 daq o'qish

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarning bir guruhi Yurtboshimizning tegishli farmoniga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Egamshukur ota Abdiyev ham bor. Butun hayotini ta’lim sohasiga baxsh etgan 98 yoshli Egamshukur ota “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Ta’kidlash joiz, Egamshukur ota hozir ham maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News