Oliy sud kutish xonasida 66 yoshli erkak vafot etdi

Oliy sud kutish xonasida 66 yoshli erkak vafot etdi
  • 8
  • 03.08.2023 12:37:00
  • 1 daq o'qish

Sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida fuqaro behush holda yotgan bo‘lgan. Joriy yil 3 avgust kuni 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasida soat 9:15ga tayinlangan sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan.
Sud majlisi o‘z vaqtida boshlangan bo‘lib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M.A. behush holda yotganini ko‘rgan. Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M.A. hayotdan ko‘z yumganligi aniqlangan. Bu haqda Oliy sud Axborot xizmati xabar berdi.
Tibbiyot xodimlari bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M.A.ning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News