Qibrayda o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgan 51 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi

Qibrayda o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgan 51 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi
  • 7
  • 20.10.2023 08:12:00
  • 1 daq o'qish

U ko‘chada maktab o‘quvchisiga shahvoniy harakatlar qilib, tegajog‘lik qilgan. Qibrayda ko‘chada maktab o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgan erkakka sud hukm chiqardi. Sud hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 10-oktabr kuni soat 11:00 larda 51 yoshli erkak ko‘chada ketayotgan o‘ziga notanish bo‘lgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi Sh.F.ga shahvoniy harakatlar qilib, tegajog‘lik qilgan.
Sud majlisida huquqbuzar erkak haqiqatdan xam huquqbuzarlikni sodir qilganligini, qilgan ishidan pushaymonligini, boshqa bunday holat takrorlanmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News