Andijonda transformator ichiga kirgan 4 yoshli qizchani tok urdi

Andijonda transformator ichiga kirgan 4 yoshli qizchani tok urdi
  • 4
  • 18.07.2025 15:42:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida 4 yoshli qizcha transformator ichiga kirib, tok urganiga oid xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2025-yil 13-iyul kuni Andijon tumanidagi Yangi Andijon shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. 1000 kVA quvvatga ega transformator punktida qisqa tutashuv yuz bergan.

Ayni vaqtda qizchaning mushugi yerto‘laga tushib ketgan va katta kuchlanish ostidagi qurilmaga kirib qolgan. Mushuk sababli transformator ichida chaqnash sodir bo‘lgan. Eshik ortidan mushugini kuzatib turgan qizaloq yuz qismidan yengil kuyish jarohatini olgan.

Unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib borilgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News