Andijonda 30 yoshli erkak o‘zini ko‘prikka osdi

Andijonda 30 yoshli erkak o‘zini ko‘prikka osdi
  • 10
  • 01.11.2023 09:11:00
  • 1 daq o'qish

Ma’lum bo‘lishicha, Xonobod shahrida yashagan 1993-yilda tug‘ilgan erkak 30-oktabr kuni chamasi soat 12:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qorasuv-Xonobod temir yo‘l ko‘prigiga arqondan yasalgan sirtmoq orqali  o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Marhum ayoli bilan ajrashgani sabab o‘zini osgan bo‘lishi mumkin. Avval ham u shu sabab o‘zini o‘ldirishga harakat qilgan. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Andijonda bir yigit ko‘prikka o‘zini osib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Hozirda marhumning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Erkakning oila a’zolaridan tushuntirish xatlari olinganida, 2 yil oldin turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganligi sababli uning ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatilganligini, bir necha marotaba o‘zini o‘ldirishga harakat qilmoqchi bo‘lganligini ma’lum qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News