
- 4
- 11.07.2023 08:02:00
- 1 daq o'qish
Asli qoraqalpog‘istonlik bo‘lgan yigit olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 1996 yilda tug‘ilgan yigit yuqori qavatdan o‘zini tashlab yubordi. Bu haqda UzNews.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 9 iyul kuni soat 09:20 larda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida tug‘ilib, Chirchiq shahar Konstruktorchilar dahasidagi 9-uyda ota-onasi va singlisi bilan birga yashagan 27 yoshli D.R. shu uyning 8-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan. U olgan tan jarohati natijasida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum D.R. so‘nggi besh yil davomida oila a’zolari bilan birgalikda Rossiyada ishlab, joriy yilning may oyi boshida O‘zbekistonga qaytib kelgan. Shu kungacha, Bo‘stonliq tumanida oilasiga tegishli bo‘lgan dala hovlida qurilish ishlari bilan band bo‘lgan.
Marhumning otasining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning mart oylaridan boshlab D.R.ning ruhiy holati buzilishi kuzatilgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: uznews.uz