Buxoroda 23 yoshli yigit o‘zini avtobus tagiga otib, joniga qasd qildi

Buxoroda 23 yoshli yigit o‘zini avtobus tagiga otib, joniga qasd qildi
  • 7
  • 29.09.2023 13:57:00
  • 1 daq o'qish

Buxoroda bir yigit o‘zini avtobus tagiga otib, o‘z joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Daryo” so‘roviga ko‘ra ma’lum qilishicha, yigit vafot etgan.

Voqea 28-sentyabr kuni soat 09:02 da Buxoro shahar Abduholiq G‘ijduvoniy ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida yuz bergan. 2000-yilda Xorazm viloyat Xazorasp tumanida tug‘ilgan H.A. o‘zini harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli mikroavtobus ostiga tashlab o‘z joniga qasd qilgan.

Uning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi va boshqa ekspertizalar tayinlangan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, hodisa shohidi bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, Buxoro shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba:Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News