
- 8
- 15.06.2023 14:10:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 15 iyun kuni M.Ulug‘bek tumani «Oliy Himmat» MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketganligi va qulagan devor ostida 2 yoshli qiziloq qolib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zarauriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Manba: FVV