12 yoshli Nyu-York universiteti talabasi

12 yoshli Nyu-York universiteti talabasi
  • 6
  • 12.07.2024 17:02:00
  • 1 daq o'qish

12 yoshli Nyu-York universiteti talabasi

Tailandlik 12 yoshli Suborno Isaak Bari o‘rta maktabni bitirib,  to‘liq stipendiya bilan Nyu-York universitetida o‘qishni davom ettiradi. Suborno birinchi so‘zlarini atigi olti oyligida aytgan va ikki yoshida davriy jadvalni yod olgan. U boshlang‘ich maktabda o‘qib yurgan vaqtida otasining universitet darsliklarini o‘rganishni boshladi. 

7 yoshida Mumbay universitetida fizika bo‘yicha mehmon o‘qituvchi bo‘ldi. Maktab xodimlarining ta'kidlashicha, uning tushunish darajasi 12-sinf o‘quvchisinikidek.

Bundan tashqari, Suborno velosiped haydash, bog‘dorchilik, pianino va shaxmat bilan ham shug‘ullanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News