
- 0
- 03.09.2025 07:48:00
- 1 daq o'qish
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan “O‘zbekiston mustaqilligi – 34 yil” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining 95,5 foizi o‘zini O‘zbekiston fuqarosi ekanidan faxrlanadi. Respondentlarning 97 foizi mamlakatdan faxrlanishini, 87,6 foizi Mustaqillik bayramini quvonchli kayfiyatda kutib olishini bildirgan. 84,7 foiz so‘ralganlar esa bu sanani xalqning yakdilligi ramzi sifatida baholagan.
Tahlillarga ko‘ra, 97,8 foiz ishtirokchilar O‘zbekistonni kuchli va farovon, 88,9 foizi tinch va mustahkam davlat sifatida ko‘radi. 79,1 foiz fuqarolar so‘nggi yillarda shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari kengayganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 28-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 38 milliondan oshgan.