
- 0
- 02.07.2025 09:44:00
- 1 daq o'qish
Bu yil Hajga borgan 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. Ularning 4 nafari jazirama va surunkali kasalliklar sabab, yana 4 nafari esa Hajga noqonuniy yo‘llar bilan borgan fuqarolar ekani bildirildi.
Joriy yilda 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik haj amallarini tartibli ado etdi. Ziyorat tashkiliy ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi va Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan ta’minlandi.
Hojilarning qaytishi 12–29 iyun kunlari davom etdi. 40 nafardan ortiq ziyoratchi pasportini yo‘qotgani sababli Bosh konsulxonaga qaytish guvohnomasi uchun murojaat qilgan.