8 ta oziq-ovqat mahsuloti sifatsiz ekani aniqlandi

8 ta oziq-ovqat mahsuloti sifatsiz ekani aniqlandi
  • 12
  • 01.08.2024 16:32:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahridagi shoxobchalarda sotilayotgan 8 ta oziq-ovqat mahsuloti laboratoriyalarda tekshirilib, sifatsiz ekani aniqlandi. Kamchiliklar mahsulotning tarkibi, yoriqlanishi va qadoqlanishi bilan bog‘liq.

Bular: 

1. “BRUNI” shokoladli keks mahsuloti;
2. “SELLATILGAN MOL GO‘SHTI oliy nav” Konservalangan mol go‘shti mahsuloti;
3. “BIO KEFIR” kefir;
4. “Qand” mahsuloti;
5. “Chernogolovka” gazlangan salqinlantiruvchi ichimlik;
6. “Urussa” kungaboqar yog‘i;
7. “Kunjutnoye maslo” yog‘ mahsuloti;
8. “Sedana yog‘i” yog‘ mahsuloti;

Hozirda Raqobat qo‘mitasi sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yish yuzasidan choralar ko‘rayotgani ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News