
- 0
- 11.09.2025 08:48:00
- 1 daq o'qish
Floridada 70 yoshli ayol o‘z itini himoya qilish uchun unga hujum qilgan pitbullni tishlab oldi. Ayolning aytishicha, pitbull to‘satdan yugurib kelib itiga yopishgan, ayol esa tayoq va qo‘llari bilan ajrata olmagach, tishlashga majbur bo‘lgan. Voqea paytida pitbullning egasi yaqin atrofda bo‘lgan va itni olib ketgan, biroq ayolga yordam bermasdan voqea joyidan ketib qolgan. Orlando hayvonlarni nazorat qilish xizmati hozirda pitbull egasini qidiryapti. Ayol va uning iti yengil jarohatlar bilan qutulib qolishgan.