Toshkent viloyatida zaharlangan bolalarning 694 nafari hanuz shifoxonalarda

Toshkent viloyatida zaharlangan bolalarning 694 nafari hanuz shifoxonalarda
  • 2
  • 27.09.2025 12:35:00
  • 1 daq o'qish

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, 27-sentabr holatiga ko‘ra viloyat shifoxonalarida 694 nafar bola davolanmoqda. 1922 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 959 nafari sog‘lom deb topilgan, so‘nggi ikki kunda yana 269 nafari sog‘ayib chiqarilgan. Hozirda shifoxonada qolgan 13 bola o‘rtacha og‘ir ahvolda.
Davolashga Toshkentdan 100 dan ortiq mutaxassis jalb qilingan. Bolalarga “o‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bu odatda asoratsiz o‘tadi. Davolash ishlari viloyatdagi yetti shifoxonada olib borilmoqda. Otabekovning qo‘shimcha qilishicha, voqea uchun aybdorlar qonun oldida javobgar bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News