Dars payti nomaqbul kontent ko‘rgan 62 yoshli o‘qituvchi

  • 6
  • 13.03.2025 08:45:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyada 7-sinf o‘quvchilarga dars o‘tish vaqtida uyatsiz kontentlar tomosha qilgan 62 yoshli  fizika o‘qituvchisi iste’foga chiqqan. Boshqirdistonlik o‘qituvchi bu holatni “beixtiyor” sodir bo‘lgan deb da’vo qilgan. Unga ko‘ra, elektron jurnalni ochmoqchi bo‘lganida behayo kadrlar chiqib qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda 62 yoshli o‘qituvchining ekranda nojo‘ya sahnalarga kulimsirab qarab turgani aks etganini ko‘rish mumkin. Qizig‘i shundaki, u faqat o‘z ekranida tomosha qilyapman, deb o‘ylagan, ammo nomaqbul tasvirlar ayni paytda sinf monitorida ham namoyish etilgan.
Dastlab, deyarli 40 yil ushbu maktabda ishlagan o‘qituvchining qilgan xatti-harakatini o‘quvchilar ustozga hazil qilishgan vaji bilan yuklashga urinishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News