Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi

Istanbulda 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi
  • 0
  • 09.06.2026 18:40:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Istanbul shahrida 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.
Hodisa 8-iyun kuni Fotih tumanidagi Laleli tramvay bekatida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola tramvaydan tushgach, bekat va vagon oralig‘ida qisilib qolgan. Tramvay harakatlanishi natijasida u og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Marhum Turkiyaga ota-onasi bilan sayyoh sifatida borgan. Hozirda hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov olib borilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, zarur konsullik yordami ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News