
- 4
- 15.01.2025 11:09:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Istanbul shahrida 6 nafar o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etdi. Ulardan 5 tasi erkak, 1 nafari ayol kishi bo‘lgan.
Istanbulda jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.
❗️Istanbul shahridagi Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.