
- 1
- 28.07.2025 16:02:00
- 1 daq o'qish
2-avgustdan rejalashtirilgan profilaktik ishlar sababli Toshkent metropolitenining “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilib, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi yo‘li to‘liq yopiladi.
Muqobil transport sifatida “Texnopark – Qipchoq – Texnopark” yo‘nalishida bepul metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida yerusti halqa yo‘lidagi rejalashtirilgan profilaktik ishlar doirasida Toshkent metrosining “Turon” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi. 28‑iyundan esa “Quruvchilar”dan “Yangiobod”gacha bo‘lgan 6 bekat ham yopildi.