
- 0
- 25.09.2025 13:23:00
- 1 daq o'qish
25-sentabr kuni Venesuela g‘arbida 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning markazi Men-Grande shahridan 24 km uzoqlikda, 7,8 km chuqurlikda joylashgan. Hozircha jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q, sunami xavfi e’lon qilinmagan. Silkinishlar Karakasda, Kolumbiyada hamda Karib dengizidagi Aruba, Kyurasaо va Bonayre orollarida ham sezilgan. Venesuela Karib plitasi janubiy chegarasida joylashgani bois bu hudud seysmik faol hisoblanadi. Mamlakatda 1997-yildan beri kuchli zilzila qayd etilmagan edi.