
- 0
- 05.09.2025 09:15:00
- 1 daq o'qish
4-sentabr kuni “Fayz binokor Oltiariq” MChJning 5 ishchisi Buxoro shahri 7-mikrorayonida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uylarni markaziy kanalizatsiya tarmog‘iga ulash chog‘ida ehtiyotsizlik oqibatida kollektor ichiga tushib ketdi. Ulardan 3 nafarining jasadi topildi, yana 2 kishi qidirilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov davom etmoqda.