
- 5
- 10.04.2023 17:47:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 10-aprel kuni AQSHning Luisvill shahrida (Kentukki shtati) otishma ro‘y berdi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari safarbar qilingan.
CNN nashri manbasiga tayanib, kamida besh kishi vafot etgani, 6 kishi jarohatlanganini ma'lum qildi. Jarohatlanganlardan biri politsiyachi.
Telekanal hodisa mahalliy vaqt bilan tongda soat 8:30 da sodir bo‘lgan, jinoyatchi o‘ldirilgan.
Источник: Tass.ru