Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi

Farg‘onada bir ayolni do‘pposlab, uni zo‘rlagan 4 erkak 7 yildan 9 yilgacha qamaldi
  • 7
  • 22.08.2023 09:42:00
  • 1 daq o'qish

Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida oilali, ikki farzandli ayolni 2023-yilning mart oyida 4 erkak zo‘rlagani haqida xabar berilgandi.

Viloyat sudlari axborot xizmatining ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tumani sudida sudlanuvchilar M.Y. (1995-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), D.Y. (1999-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan), A.S. (1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) va S.S.ga (1989-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha 17-avgust kuni yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi o‘qildi.

Hukmga ko‘ra,

  • M.Y. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi, 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 1-qismi va 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, 9 yilga;
  • D.Y. va A.S. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi “v” bandi va 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biri 8 yilga;
  • S.S. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News