Turkiya Superligasining 4 ta gigant jamoasi: “Beshiktosh”, “Trabzonspor”, “Galatasaroy” va “Fenerbahche” moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yevropaning eng yomon 10 ta jamoasi qatoridan joy oldi!

Turkiya Superligasining 4 ta gigant jamoasi: “Beshiktosh”, “Trabzonspor”, “Galatasaroy” va “Fenerbahche” moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yevropaning eng yomon 10 ta jamoasi qatoridan joy oldi!
  • 4
  • 20.02.2024 15:11:00
  • 1 daq o'qish

UEFA klublari moliya va investitsiya hisobotiga ko‘ra, Turkiya Superligasi jamoalari o‘zlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan Yevropada sof o‘z kapitaliga eng ko‘p zarar keltirgan ligani tashkil qilishdi. O‘tgan yili eng zarar ko‘rgan jamoa “Beshiktosh” 151 million yevro kamomad bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun, “Trabzonspor” 110 million yevro yo‘qotish bilan beshinchi, “Galatasaroy” 109 million yevro yo‘qotish bilan oltinchi, “Fenerbaxche” 82 million yevro yo‘qotish bilan yettinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yili Yevropada eng ko‘p zarar ko‘rgan klub 436 million yevro bilan Italiyaning “Roma” jamoasi bo‘ldi.

2023-yilda eng ko‘p moliyaviy zarar ko‘rgan jamoalar: (mln yevro)
1) Roma (Italiya) 436 
2) Portu (Portugaliya) 176 
3) Inter (Italiya) 162 yevro
4) Beshiktosh (Turkiya) 151 
5) Trabzonspor (Turkiya) 110 
6) Galatasaroy (Turkiya) 109 
7) Fenerbahche (Turkiya) 82 
8) Betis (Ispaniya) 72 
9) Makkabi Xayfa (Isroil) 63
10) Latsio (Italiya) 38

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News