O‘zbekistonda 4-5 balli zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda 4-5 balli zilzila sodir bo‘ldi
  • 9
  • 23.03.2023 03:26:00
  • 1 daq o'qish

Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi.

Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston respublikasi hududida sezilish kuchi quyidagicha:

  • Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.
  • Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km.
  • Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.
  • Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.
  • Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.
  • Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.
  • Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.
  • Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.
  • Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.
  • Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News