
- 5
- 19.07.2025 14:51:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 3500 nafar ayol farzandini ta’minlash uchun aliment to‘layapti. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi. 2025-yil boshida aliment bilan bog‘liq 348 ming ijro hujjati mavjud bo‘lib, bu 2018-yilga nisbatan 45 foizga ko‘p. Shundan 3500 tasi onalarga tegishli.
Eng ko‘p holat Samarqandda, so‘ng Farg‘ona, Surxondaryo va Andijonda qayd etilgan. Odatda aliment erkaklar zimmasida bo‘ladi. Biroq bola otaga berilganda, sud qarori bilan ona ham to‘lovchi bo‘lishi mumkin.