
- 4
- 28.06.2025 08:01:00
- 1 daq o'qish
BMTning yangi hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘ylab 316 million kishi giyohvand moddalardan foydalangan, bu 2022-yildagidan 24 millionga ko‘p. Eng ko‘p tarqalgan modda — kannabis (244 mln foydalanuvchi), undan keyin opioidlar (61 mln), amfetaminlar (30,7 mln), kokain (25 mln) va ekstazi (21 mln).
Kokain ishlab chiqarish hajmi 2023-yilda 3708 tonnaga yetib, 34% ga oshgan. So‘nggi 10 yilda bu modda iste’molchilari soni 8 millionga ko‘paygan.
BMT ekspertlari narkokartellar faoliyati global xavfga aylanganini ta’kidladi. 2021-yilda giyohvandlik bilan bog‘liq sabablardan yarim millionga yaqin o‘lim qayd etilgan, 28 million sog‘lom yil yo‘qotilgan. 2023-yilda esa davolanishga muhtoj har 12 kishidan faqat bittasi zarur yordam olgan.