Nigeriyada portlashlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada portlashlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 01.07.2024 12:55:00
  • 1 daq o'qish

29-iyun kuni Nigeriyadagi turli hududarda sodir etilgan ko‘plab portlashlar oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Hujumlar ayollar tomonidan amalga oshirilgan. Birinchi portlash  to‘yxonada sodir etilgan. Ayol o‘zini va odamlarni portlatib yuborgan. Bir necha daqiqadan so'ng, dafn marosimida ikkinchi portlash sodir bo‘ldi. Ayol janozaga yashirincha kelib, portlovchi moslamani ishga tushirib yuborgan.

Hech qaysi guruh portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News