
- 0
- 01.07.2026 12:43:00
- 1 daq o'qish
Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan 6 kun o‘tib, Guayra shtatida vayronalar ostida qolgan 3 yoshli bolakay tirik holda qutqarildi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari oltinchi kunida topilgan bu bola omon qolgan yagona inson bo‘ldi. Uni Iordaniyadan kelgan qutqaruvchilar vayronalar ostidan olib chiqdi. Bola shifoxonaga yotqizilgan. Rasmiylar uning ahvoli shifokorlar nazoratida ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuelada 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lib, minglab binolar vayron bo‘lgan va minglab insonlar halok bo‘lgan.