
- 6
- 27.09.2023 07:13:00
- 1 daq o'qish
25-sentyabr kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:20 larda 1998-yilda tug‘ilgan Nexia rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanayotgan 1998-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi boshqa Nexia bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida avtomashina salonlarida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ikki haydovchi Zarafshon shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Voqea joyiga tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari hamda tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelgan. Voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Uzreport.news