
- 0
- 06.08.2025 14:57:00
- 1 daq o'qish
28-iyul kuni Ohangaron tumanidagi “Ohangaron suv” omborida cho‘milgani borgan uch nafar voyaga yetmagan qizdan ikkitasi suvda cho‘kib halok bo‘ldi. Uchinchi qiz esa qutqarib qolingan. Qidiruv ishlari davomida halok bo‘lganlar jasadi 28-iyul kechqurun va 29-iyul ertalab ombor bo‘yidan topilgan. Hozirda o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.