
- 7
- 15.06.2024 10:00:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.
YTH ga 99 foiz holatlarda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi sabab bo‘lishi aniqlangan.