
- 0
- 22.09.2025 10:01:00
- 1 daq o'qish
Turkiyada qorin og‘rig‘i shikoyati bilan shifoxonaga murojaat qilgan 21 yoshli qizning siydik pufagidan 287 dona tosh chiqarildi. Shifokorlar uning tug‘ma “qovuq ekstrofiyasi” kasalligiga chalinganini aytdi.
Bu kasallikda chaqaloq tug‘ilganda siydik pufagi qorin devori tashqarisida ochiq holda bo‘ladi. Natijada siydik tizimi normal rivojlanmaydi, bemorda tez-tez infeksiya, siydikni tutib turolmaslik va tosh to‘planishi kabi muammolar kuzatiladi. Shifokorlar ushbu holatni tibbiyotda juda kam uchraydigan hodisa sifatida qayd etishdi.