Filippinda qayiq ag‘darilishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi

Filippinda qayiq ag‘darilishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
  • 6
  • 28.07.2023 14:46:00
  • 1 daq o'qish

Filippin qirg’oq qo’riqlash xizmati ma’lumotlariga ko’ra, yo’lovchilar kuchli shamoldan qo‘rqib ketishgan, vahima ichida ular port tomonida to’planib, kema muvozanatini buzgan.

Manila yaqinidagi ko’lda qayiq ag’darilishi oqibatida, kamida 26 kishi halok bo’ldi.

Qayiqda aniq qancha odam bo’lgani noma’lum. Qutqaruvchilar 40 kishini tiriklayin suvdan olib chiqishga muvaffaq bo’ldi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Filippinda hozirda “Doksuri” tropik bo'roni kuzatilayotgan bo'lib, kuchli yomg’ir yog'moqda, shamol tezligi esa soatiga 175 kilometrga yetadi. Minglab odamlar qirg’oq bo’yidagi aholi punktlaridan evakuatsiya qilingan.

Manba: Uzreport

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News