
- 9
- 26.10.2023 07:41:00
- 1 daq o'qish
50 dan ortiq kishini jarohatlagan jinoyatchi hali ushlanmagan. Ma’lum qilinishicha, AQSHning Men shtatidagi Lyuiston shahrida noma’lum shaxs o‘t ochgan.
Politsiya jinoyatchi qurolli va o‘ta xavfli ekani haqida ogohlantirmoqda.
Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, uning ismi Robert Kard, u 40 yoshda.
Biroq, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi haligacha zararsizlantirilmagan.
Shtatning ikkinchi yirik shahri aholisiga xavfsiz joylarda boshpana topish tavsiya etildi.
Polisiya gumonlanuvchining suratini e’lon qildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqealar "turli joylarda" sodir bo‘lgan.
Men shtati markaziy tibbiyot markazi "ko‘p sonli qurbonlar qayd etilgan katta otishma hodisasi" bo‘yicha ishlayotganini va yaqin atrofdagi boshqa tibbiyot muassasalari bilan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirayotganini bildirdi.
Men shtati politsiyasi shunday xabar joylashtirdi: "Lyuistonda faol otishma. Biz aholidan boshpanada qolishlarini so‘raymiz. Iltimos, uylaringizda qoling va eshiklaringizni qulflang".
Oq uyning bildirishicha, prezident Jo Bayden voqea haqida xabardor qilingan va tezkor ma’lumotlarni olishda davom etadi.