
- 1
- 20.08.2025 12:06:00
- 1 daq o'qish

Fransiya chempionatida “Strasburg” ilk bor kuchli beshlik ligalarida bir jamoa tarkibida to‘liq 2000-yildan keyin tug‘ilgan 11 futbolchi bilan tushdi.
Shunga qaramay, 21-asrda tug‘ilgan yoshlar “Metz”ni kichik hisobda ma‘lub etdi.
Jamoaning yoshi eng katta futbolchisi — atigi 22 yosh 314 kunlik Xoakin Panichelli bo‘lib, u yagona gol muallifi bo‘ldi.
Bu ketishda yigitchalar PSJni ham tahtdan ag‘darar, nima deysiz?