
- 7
- 22.11.2024 15:22:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Ushbu tashabbus to‘liq qo‘llab-quvvatlanib, hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi. Dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi ta’kidlandi.