
- 0
- 17.06.2025 08:58:00
- 1 daq o'qish
Daily Mail xabariga ko‘ra, voqea Mato-Grosso-do-Sul shtatidagi Rio-Verde shaharchasida sodir bo‘lgan. Er-xotin suhbatlashib o‘tirgan vaqtda, ularning 2 yoshli farzandi stol ustida turgan to‘pponchani olib, tasodifan onasiga o‘q uzgan.
Ayol og‘ir yaralanib, shifoxonada vafot etgan. Otaning qurolga ruxsatnomasi bo‘lgan. Hozirda tergov olib borilmoqda va erkakka ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin.
Farzand keyinchalik otasi bilan qoladimi yoki ijtimoiy xizmatga topshiriladimi — hozircha noma’lum.