- 0
- 26.05.2025 15:50:00
- 1 daq o'qish
Angliyada ikki yoshli jasur qizaloqning qandli diabet bilan kasallangan otasi “Gipoglikemiya xuruji” ga tushgani va qizaloq unga dori olib kelish uchun shoshilayotgani uydagi videokameralarga yozib olingan. Dastlab, qizaloq hushsiz yotgan otasini uyg‘otishga harakat qilgan va otasining “menda gipo” degan so‘zlari, qizaloqqa oldindan tanishtirilgani uchun u otasiga dori kerakligini tezda anglab, dori olishga oshiqqan.
Qizaloqning ota-onasi bu harakatdan hayratda qolishgan, ular “bunday holatlar bizga eslatib turadi-ki, bolalar har doim kuzatishadi, har doim o‘rganshadi va ba’zida bizning kichkina qahramonlarimizga aylanadilar” deydi.