2 ta “erkak” bokschi Olimpiadada finalga yaqinlashmoqda

2 ta “erkak” bokschi Olimpiadada finalga yaqinlashmoqda
  • 27
  • 01.08.2024 16:55:00
  • 1 daq o'qish

Jazoirlik transgender Imane Xelif va italiyalik bokschi Anjela Karini o‘zaro ringga tushishdi. Karini 45 soniyadan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortdi va ring markazida hakam Xelifning qo‘lini ko‘tarishga shaylanayotganida “Bu adolatdan emas! Adolatli emas”, deya qichqirib, norozilik bildirdi. Tayvanlik transgender Lin Yu-Tin esa ertaga 18:00 da hamyurtimiz Sitora Turdibekovaga qarshi ringga chiqadi.

Imane Xelif va Lin Yu-Tinning gender testlarida testosteronning yuqori darajasi aniqlangan. Shunga qaramay, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ularga Olimpiadadada ishtirok etish huquqini bergan edi.

Maʼlumot uchun, erkaklar ayollarga qaraganda 162 foizga kuchliroq zarba berishadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News