
- 6
- 30.09.2023 21:30:00
- 1 daq o'qish
Shahrisabz tumanidagi Soybo‘yi qishlog‘iga bugun, 30-sentyabr kuni tongga yaqin 2 bosh qo‘ng‘ir ayiq kelib qolgan.
Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, zudlik bilan tuman Ichki ishlar, Ekologiya, Favqullodda vaziyatlar, Milliy gvardiya bo‘limlari hamda Hisor qo‘riqxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘z vaqtida aholi xavfsizligi ta’minlangan. Ayiqlar qishloq aholisi yoki ularning mulklariga zarar yetkazmagan.
Mutaxassislar tomonidan maxsus yo‘llar bilan ushlangan ayiqlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.
Manba: Xabar.uz