Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Toshkent viloyatida 19 yoshli homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
  • 6
  • 22.11.2024 15:49:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 19 yoshli ayol va uning homilasi shifokorlar aybi bilan nobud bo‘lgani aytilgan videolar tarqaldi. Aniqlanishicha, 17-noyabr kuni ayol “Homiladorlik-I, 30 hafta, siydik yoʻli infeksiyasi, semizlik-III daraja” dastlabki tashxisi bilan muassasaga yotqizilgan. Shunga qaramay, ayol oʻsha kuni tilxat asosida shifoxonadan chiqib ketgan. Oradan uch kun o‘tib, u tug‘uruq bo‘limiga tanasida shishlar hamda sariqlik belgilari bilan og‘ir ahvolda qabul qilingan va jarrohlik amaliyoti bajarilayotgan vaqtda vafot etgan. 
Dastlabki xulosaga ko‘ra, mazkur holat sababi sifatida “O‘pka arteriyasining tromboembolik sindromi, og‘ir gepatoz, o‘tkir jigar yetishmasligi, urosepsis, septik shok” qayd etilgan. Holat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, prokuratura nazoratiga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News