
- 2
- 14.07.2025 14:45:00
- 1 daq o'qish
Fransiyada yashovchi 19 yoshli Estella ismli qiz supermarketdan soch bo‘yog‘i xarid qilib, uni uyida ishlatmoqchi bo‘ldi. U bo‘yashdan oldin allergiya testi o‘tkazdi, ammo bu test natijasi odatda 48 soatdan keyin aniqlanishini bilmasdan, atigi 30 daqiqa kutdi.
Dastlab hech qanday muammo sezilmadi. Ammo oradan bir necha kun o‘tib, Estellaning yuzi shishib, tanib bo‘lmaydigan holga keldi. Uning bosh atrofi 53 sm dan 62 sm gacha kattalashdi, tili ham shishib ketdi va nafas ololmay qoldi.
Shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgan Estella davolanish orqali sog‘lig‘ini tikladi. U bu holatdan juda afsusda ekanini bildirib, bunday kosmetik mahsulotlarni uy sharoitida ishlatishda albatta ehtiyotkor bo‘lish kerakligini ta’kidladi.