- 0
- 27.05.2025 12:01:00
- 1 daq o'qish
Namanganda 19 yoshli yigit boshqargan Nexia-3 daraxtga urilib, haydovchi bilan birga yonib ketdi. Hodisa 25-may kuni “Yangi asr” mahallasida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. To‘qnashuvdan so‘ng mashina olov olgan. Qutqaruvchilar yong‘inni 2 daqiqa ichida o‘chirgan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qutqaruvchilar vaqtida kelmagani aytilgan. Haydovchi esa voqea joyida vafot etgan.