
- 1
- 16.09.2026 13:03:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 18 yoshli yigit bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan.
Hodisa 12-sentabr kuni soat 03:16 da “Oltin vodiy” MFYdagi Komiliy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bankomatdan Qo‘riqlash xizmati monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar yuzini yashirgan, qo‘lida bolta bo‘lgan yigitni bankomatni buzayotgan vaqtida aniqlagan. U qochishga uringan, biroq qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.