
- 10
- 04.08.2023 11:15:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar o‘quvchi qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xovos tumani, “Binokor” mahallasidagi uylarning birida yashagan 2006 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Manzura Hakimova 2023 yil 24 iyul kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.
Ushbu fuqaroni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi uzun, ko‘zlari qora yumaloq, labi, burni va quloqlari o‘rtacha kattalikda, yuzi cho‘zinchoq, bug‘doyrang. Egnida oq rangli ayollar ko‘ylagi bor, oyog‘ida ko‘k rangli tapochka bo‘lgan.
Manba: uzreport.news