
- 0
- 14.04.2025 12:14:00
- 1 daq o'qish
AQSHda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd qilishni rejalashtirib, o‘gay otasi va o‘z onasini o‘ldirdi. Uning telefonida neonistlar guruhining “To‘qqiz burchak ordeni” bilan bog‘liq materiallar va uch sahifalik manifest topilgan.
Yigitga bir nechta ayblovlar qo‘yilgan: birinchi darajali ikki kishini o‘ldirish, jasadlarni yashirish, 10 ming dollardan ortiq mol-mulkni o‘g‘irlash, soxta hujjatlardan foydalanish, AQSH Prezidentiga suiqasd uyushtirish va ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga urinish.
Dastlabki sud 2025-yilning 9-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Gumonlanuvchi hibsda, garov puli 1 million dollar qilib belgilangan.