
- 0
- 21.08.2025 08:26:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Guanchjou shahrida 17 yoshli qiz sevgilisini 14 ming dollarga qul qilib sotib, Tailandga dam olishga ketdi. Qiz yigit bilan bilyard klubida tanishib, yigitni Myanmaga borishga ko‘ndirgan. 19 yoshli yigit Myanmada firibgarlar qo‘lida to‘rt oy davomida 16–20 soat majburiy ishlatilgan, kaltaklangan va kiberfiribgarlikka majburlangan. Uning oilasi 48 ming dollar tovon to‘lab, yigitni qutqarib qolishgan. Yigit 10 kilogramm vazn yo‘qotgan va qisman eshitish qobiliyatidan ham ayrilgan.
Firibgar qiz esa Xitoyga qaytgach hibsga olindi.