
- 0
- 11.07.2025 12:28:00
- 1 daq o'qish
1-iyul kuni Samarqand viloyat markaziy shifoxonasida burunidan operatsiya qilinayotgan 16 yoshli qiz vafot etdi. Qiz xorijda yashab, ta’til paytida buvisinikiga mehmon bo‘lib kelgan.
Qizning buvisi aytishicha, nevarasi nafas olishda qiynalgani sababli shifoxonaga murojaat qilgan. Uch nafar shifokor unga operatsiya zarurligini bildirgan. Qiz soat 11:00 atrofida operatsiyaga olingan, biroq holati yomonlashib, hushiga kelmagan. Oradan bir necha soat o‘tib, u vafot etgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Marhumaning yaqinlari esa shifokorlarni beparvolikda ayblamoqda.